Xitoy olimlari sun’iy intellekt (SI) asosida ishlaydigan, yadroviy kallakni soxta maketlardan ajratishga qodir bo‘lgan ilk tizimni yaratdilar. Ushbu texnologiya yadroviy qurollarni nazorat qilish sohasida yangi bosqichni boshlab, xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Tizim Xitoy Milliy Yadroviy Korporasiyasiga qarashli Xitoy Yadroviy Energiya Instituti tomonidan ishlab chiqilgan. U «Verification Technical Scheme for Deep Learning Algorithm Based on Interactive Zero Knowledge Protocol» nomini olgan. Bu texnologiya yadroviy kallaklarni ularga tegmasdan, bevosita aniqlash imkonini beradi. Bu esa maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmasdan turib, yadroviy qurollarni nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.
Tizim sun’iy intellekt yordamida yadroviy qurollarning turli modellarini yaratish va ularni tahlil qilishga asoslangan. Olimlar millionlab virtual yadroviy komponentlarni modellashtirish orqali SIni turli xil jangovar kallaklarni ajratishga o‘rgatishdi. Bu modellar orasida haqiqiy yadroviy materiallardan iborat bo‘lganlar ham, soxta materiallardan tayyorlanganlar ham bor edi.
Stend sinovlari davomida tizim haqiqiy yadroviy kallklarni va ularning maketlarini aniq ajratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sinovlar natijalari tizimning yuqori aniqlikda ishlashini va amalda qo‘llashga tayyorligini ko‘rsatdi. Tizimning ishlash prinsiplari va texnik xususiyatlari to‘liq oshkor etilmagan bo‘lsa-da, u yadroviy qurollarni nazorat qilish sohasida yangi bosqichni boshlashi mumkin.
Xitoyning bu texnologiyasi xalqaro miqyosda yadroviy qurollarni nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin. Ushbu SI asosidagi tizim yadroviy qurollarning tarqalishini nazorat qilish, xalqaro kelishuvlarga rioya etilishini ta’minlash va global xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.