19 iyul kuni Xitoy mamlakat janubi-g‘arbidagi Tibet avtonom viloyatida joylashgan Yarlung Sangpo daryosining quyi oqimida gidroenergetika loyihasini qurishni rasman boshladi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaga kiritilgan sarmoyaning umumiy hajmi taxminan 1,2 trillion yuanga baholanmoqda, bu esa 167,2 milliard dollarga teng.
"Tibet avtonom viloyatining Ningchi shahrida Yarlung Sangpo daryosining quyi oqimida gidroenergetika loyihasining qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida KKP Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan ishtirok etdi va loyihaning ishga tushirilishini e’lon qildi", — deyiladi rasmiy bayonotda.
Gidroenergetika loyihasi China Yajiang Group tomonidan amalga oshirilmoqda, u ham qurilish tugagandan so‘ng ob’ektning ishlashi uchun javobgar bo‘ladi.
Bugungi kunda dunyodagi eng katta GES Sansya bo‘lib, u Xitoyning markaziy qismidagi Xubey provinsiyasidagi Yanszi daryosida joylashgan. Sansyaning loyiha quvvati 22,4 million kilovattni tashkil qiladi.