Xitoyning yangi xaritalarida Katta Ussuriysk orolining Rossiya qismi Xitoyga tegishli ekanligi tasvirlangan.
Xitoyning "Standart xaritalar kartografik xizmati" davlat sayti 2023 yilga mo‘ljallangan yangi, rasman tasdiqlangan geografik xaritalar to‘plamini e’lon qildi. Unda Rossiya hududlarining bir qismi Xitoy hududi sifatida ko‘rsatilgan. Gap Rossiya Federasiyasi va Xitoy o‘rtasida bo‘lingan Katta Ussuriysk oroli haqida bormoqda.
350 km kvni tashkil etuvchi Katta Ussuriysk oroli so‘nggi 100 yil davomida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib kelgan. 2008 yilda mamlakatlar o‘rtasida orolni ikkiga bo‘lish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. Ammo Xitoy tomonidan bugun e’lon qilingan yangi xaritalarda Xitoy hududi "kengayganini" ko‘rish mumkin.