AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Financial Times gazetasiga bergan intervyusida AQSh Rossiyaning Ukrainadagi urush fonida yadro qurolidan foydalanish ehtimolidan “juda xavotirda” ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin shunday ssenariyni ko‘rib chiqqan bo‘lishi mumkin.
“Ehtimollik 5 foizdan 15 foizgacha oshgan taqdirda ham, bu juda jiddiy”, dedi Blinken Vashington Moskva tahdidlarini qanchalik jiddiy qabul qilgani haqidagi savolga.
Davlat kotibining ta’kidlashicha, Xitoy bu masalada AQShga yordam bergan bo‘lishi mumkin. Blinkenning fikricha, Pekin Moskvani yadro qurolidan foydalanishdan ogohlantirishi mumkin edi. Bu AQSh Xitoyni Moskvaning koinotda yadro qurolini joylashtirish rejalari haqida xabardor qilganidan keyin yuz berdi.
“Xitoy Rossiya bilan bog‘lanib, “bunday qilmang” deganiga ishonish uchun asosimiz bor”, — deya qo‘shimcha qildi Blinken.