Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy Markaziy banki 2025 yilda qo‘llab-quvvatlanadi

Xitoy Markaziy banki 2025 yilda qo‘llab-quvvatlanadi

Xitoy xalq bankining (XXB, Markaziy bank) pul-kredit siyosatining pozisiyasi va yo‘nalishi 2025 yilda qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda XXB rahbari Pan Gunshen ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua agentligi.

Pan Gunshenning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank oqilona va yetarli likvidlikni saqlash, shuningdek, korxonalar va uy xo‘jaliklarini moliyalashtirish bo‘yicha umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun pul-kredit siyosatining turli vositalaridan foydalanish va kontrasiklik tartibga solishni kuchaytirish niyatida.

XXB ko‘chmas mulk va kapital bozorlarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish uchun pul-kredit siyosatining tarkibiy vositalaridan samarali foydalanishga harakat qiladi.

- Markaziy bank turli darajadagi pul massasi, shuningdek, ijtimoiy harakatchanlik monitoringini kuchaytiradi, - deya qo‘shimcha qildi Pan Gunshen.

Avvalroq Xitoy Markaziy banki 2025 yilning yanvaridan boshlab M1 pul massasini hisoblashning yangi tamoyili joriy etilishini, bundan buyon jismoniy shaxslarning talab qilib olinmaguncha depozitlari va nobank to‘lov institutlari mijozlari zaxiralarini o‘zida saqlashini ma’lum qilgandi.

Noyabr oyida XXB davlat obligasiyalarini xarid qilish va teskari qayta sotib olish operasiyalari orqali Xitoy bozoriga 1 trillion yuan (taxminan 137,6 milliard dollar) kiritdi.

Kiritildi: 16:12 03.12.2024. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!