Agentlik bu haqda Xitoyning Singapurdagi elchixonasi bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Fransiya prezidenti Singapurdagi Shangri-La xalqaro xavfsizlik forumida "Agar Rossiyaga hech qanday cheklovlarsiz Ukrainaning bir qismini o‘z nazoratiga olishga ruxsat berilsa, unda Tayvan bilan nima bo‘lishi mumkin?", degan edi.
"Ukraina va Tayvan masalalarini taqqoslamaslikka chaqiramiz, bunday harakatni qabul qilib bo‘lmaydi. Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi", deyiladi Xitoy elchixonasi bayonotida.