Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaning yordamini rad etdi

A A A
Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaning yordamini rad etdi

Xitoyning Guanchjou shahri Sverdlovsk viloyatidan koronavirusga qarshi kurash doirasida yuborish rejalashtirilgan insonparvarlik yordamidan bosh tortdi. Bu haqda Qizil Xochning Sverdlovsk viloyat bo‘limi raisi Dmitriy Verxinin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiyadan yordam so‘ramagan, chunki Sverdlovsk viloyatida hozirgi paytda koronavirusni yuqtirish holati juda murakkab.

Fevral oyida Guanchjouga mablag‘ yig‘ish kampaniyasi boshlandi – viloyat aholisi dori-darmonlar, tibbiy niqoblar, bintlar va paxta tolalarini yig‘ishdi. Hozirgi kunda Sverdlovsk viloyatida to‘qqizta koronavirus infeksiyasi rasman tasdiqlandi.

 

Kiritildi: 16:14 23.03.2020. O'qildi: 4223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!