Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy javob chorasi bilan AQShga tahdid qildi

Xitoy javob chorasi bilan AQShga tahdid qildi

Pekin bu bayonotini yaqinda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning “Xitoy savdo kelishuvini buzgani” haqidagi ayblovlariga javoban e’lon qildi.

Xitoyga ko‘ra, aynan AQSh tuzilgan savdo bitimi shartlarini buzgan. Xususan, XXR Savdo vazirligi Qo‘shma Shtatlar tomonidan kiritilgan yangi cheklovlarni, jumladan texnologiyalar eksportiga taqiq, xitoylik talabalar uchun vizali rejimni qat’iylashtirish hamda sun’iy intellekt uchun chiplar bo‘yicha cheklovlarni qoraladi. Pekinning fikricha, bu harakatlar erishilgan kelishuvlarni buzadi.

Bloomberg’ning yozishicha, ushbu kelishmovchilik fonida Osiyo bozorlaridagi kotirovkalar va AQSh fond indekslari bo‘yicha fyucherslar pasaygan.

Ma’lumot uchun, may oyida AQSh va Xitoy o‘zaro joriy qilingan boj stavkalarini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Kiritildi: 22:32 02.06.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!