Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Evropaga elektromobillarni bojlar joriy etilishidan oldin sotishga muvaffaq bo‘ldi

A A A
Xitoy Evropaga elektromobillarni bojlar joriy etilishidan oldin sotishga muvaffaq bo‘ldi

Iyun oyi oxirida Xitoy brendlari Yevropa elektromobillar bozorining 11 foizini egallab, ro‘yxatga olingan avtomobillar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Bloomberg Dataforce tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Iyun oyida Xitoy Yevropaga 23 mingdan ortiq elektromobil yetkazib berdi, bu may oyiga nisbatan 72 foizga ko‘p. Bu iyun oyidagi Yevropa elektromobil bozorining o‘sish sur’atlaridan ikki baravar ko‘pdir.

Agentlik ta’kidlaganidek, xitoylik elektromobillar yetkazib berishning keskin o‘sishi xitoylik ishlab chiqaruvchilarning Yevropa hukumati import bojlari joriy etilishidan oldin imkon qadar ko‘proq avtomobillarni sotish istagi bilan bog‘liq. 5 iyuldan boshlab BYD elektromobillariga 17,4 foiz, Geely'ga 19,9 foiz, SAIC'ga 37,6 foiz boj to‘lanadi.

Kiritildi: 21:47 30.07.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!