Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 18-paket sanksiyalari tufayli javob choralarini ko‘rish bilan tahdid qilmoqda

Xitoy Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 18-paket sanksiyalari tufayli javob choralarini ko‘rish bilan tahdid qilmoqda

"Evroittifoqning Rossiyaga qarshi 18-paket sanksiyalari ro‘yxatiga bir nechta xitoylik kompaniyalar va banklar kiritilgan. YEIga ko‘ra, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Rossiyaning tajovuzkor harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda", deya yozmoqda nashr.

Endilikda Xitoy Savdo vazirligi bu qarorni keskin qoralab, javob choralarini ko‘rishga va’da berdi. Pekinning bayonotida aytilishicha, "EIning harakatlari savdo aloqalari va moliyaviy hamkorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda". Xitoy “bunday amaliyotlarni darhol to‘xtatishni” talab qilmoqda.

Mazkur bayonot 24 iyul kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan Xitoy–Evroittifoq 25-sammiti arafasida yangradi. Ushbu uchrashuvda YEI Xitoy tomoni bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini va Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyatini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kun tartibiga Xitoy tomonidan kamyob yer elementlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlar va tomonlar o‘rtasidagi savdo nomutanosibligi ham kiritiladi.

Kiritildi: 20:42 21.07.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!