Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoy davlat kompaniyasi sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun 15 yilga qamaldi

Xitoy davlat kompaniyasi sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun 15 yilga qamaldi

Xitoyning yirik davlat korxonalaridan biri — "China First Heavy Industries" kompaniyasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Lu Venszyun pora olish va firibgarlik ishlari bo‘yicha aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda XXR Oliy xalq sudi xabar berdi. Sudning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida aniqlik kiritilishicha, sobiq mulozimga, shuningdek, 5,3 million yuan (taxminan 736 ming AQSh dollari) miqdorida jarima solingan.

Tergov materiallariga ko‘ra, Lu Venszyun 2002 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan yigirma yil davomida o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, turli xususiy va yuridik shaxslarga loyihalarni qo‘lga kiritish, shartnomalar imzolash hamda mahsulotlarni sotishda ko‘maklashgan. Buning evaziga u umumiy hisobda 67,98 million yuan (taxminan 10 million AQSh dollari) miqdorida noqonuniy mablag‘ orttirgan.

Sud ayblanuvchining o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, tergov bilan faol hamkorlik qilgani hamda noqonuniy yo‘l bilan topilgan pul va mulklarning katta qismini ixtiyoriy ravishda davlatga qaytarganini inobatga olib, unga nisbatan o‘lim yoki umrbod qamoq jazosini emas, balki 15 yillik muddatni tayinladi. Lu Venszyun o‘z faoliyati davomida "China First Heavy Industries" korporasiyasidan tashqari, Xitoyning boshqa bir qator yirik mashinasozlik va og‘ir sanoat davlat korxonalarida ham yuqori lavozimlarda ishlab kelgan edi.


Kiritildi: 17:30 10.08.2026. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!