Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qiladi

Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qiladi

1 avgustdan boshlab Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining navbatdagi raisi bo‘ldi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar berdi.

Xitoy Xalq Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ichki maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi, unda mazkur organning avgust oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi.

Rejaga ko‘ra, avgust oyida BMT Xavfsizlik kengashi Yaman, Suriya, Liviya, Yaqin Sharq, Falastindagi muammolar va terrorizmga qarshi kurash kabi qator masalalarni ko‘rib chiqadi. Xitoy tomonining tashabbusi bilan Xavfsizlik Kengashi, shuningdek, «Umumiy xavfsizlikni ta’minlash» va «Afrika davlatlarining salohiyatini oshirish» mavzularida ikkita maxsus yig‘ilish o‘tkazadi.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy BMTning rivojlanish dasturini ilgari surmoqda. Xitoy BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, global oziq-ovqat inqirozi, tengsizlik va rivojlanishdagi nomutanosiblikni bartaraf etishga hissa qo‘shish imkonini beruvchi Global taraqqiyot tashabbusini ilgari surdi.

Chjan Szyun Xitoy har doim BMT oldidagi moliyaviy majburiyatlarini faol bajarganini tasdiqladi. XXR BMTning muntazam byudjeti va tinchlikparvarlik operasiyalari byudjetiga to‘lanadigan badallar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

Kiritildi: 06:50 04.08.2022. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!