Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy Arktika orqali muntazam yuk qatnovini yo‘lga qo‘ydi

Xitoy Arktika orqali muntazam yuk qatnovini yo‘lga qo‘ydi

Xitoyning Sea Legend kompaniyasi shu haftadan boshlab Arktika orqali ilk muntazam yuk qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Kema haftada bir marta “Muz ipak yo‘li” deb nomlangan yo‘nalish bo‘ylab Xitoy sharqidagi Ninbo portidan Buyuk Britaniyadagi Felikstou portiga qatnaydi. Odatda bu ikki port orasidagi masofa 40 kunda bosib o‘tiladi. Arktika orqali esa bu muddat qariyb ikki baravar qisqarishi kutilmoqda.

Starboard Maritime Intelligence tahlilchisi Mark Duglasning tushuntirishicha, hozirda Qizil dengiz va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi orqali suzish xavfli bo‘lib qolgan. Shu sababli Arktika yo‘nalishi vaqtni sezilarli darajada tejash imkonini beradi:

“Boshqa muqobil variant esa faqat Afrika qit’asini aylanib o‘tishdir”, deydi u.

Yoz mavsumida Arktikadagi muzlarning erishi kemalarga u yerdan erkinroq harakatlanish imkonini beradi. Muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qaror 2025 yilning yozida Shimoliy dengiz yo‘li orqali rekord darajadagi — 23 ta tashuv amalga oshirilganidan so‘ng qabul qilingan. Taqqoslash uchun 2024-yilda bu ko‘rsatkich 15 tani tashkil etgandi.

Kiritildi: 15:42 11.08.2026. O'qildi: 1588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!