Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy AQShning qaroriga munosabat bildirdi

A A A
Xitoy AQShning qaroriga munosabat bildirdi

Xitoy AQSh BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqish haqida qaror qabul qilganidan afsusda. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma’lum qildi, deya xabar berdi "kun.uz".

«Xitoy AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqish to‘g‘risidagi qarori tufayli afsusda ekanini bildiradi. Inson huquqlari bo‘yicha kengash BMT Bosh assambleyasi tomonidan ta’sis etilgan. Bu inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi muloqot va hamkorlik bo‘yicha muhim platformadir. Barcha tomonlar kengash ishiga juda jiddiy e’tibor qaratadi», - deya aytib o‘tdi Gen Shuan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Kiritildi: 14:42 20.06.2018. O'qildi: 1663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik