Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy AQShni harbiy xarajatni qisqartirishda ilg‘or bo‘lishga chaqirdi

Xitoy AQShni harbiy xarajatni qisqartirishda ilg‘or bo‘lishga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar doim “eng muhimi Amerika” tamoyiliga amal qiladi, shunday ekan, harbiy xarajatni qisqartirishda ham yetakchilik qilib, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Guo Jiakun jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Diplomat ta’kidlashicha, 2024 yil AQSh harbiy xarajati jahon ulushining 40 foizini tashkil qilgan. 2025 moliya yili uchun Amerika mudofaa byudjeti 895 milliard dollar.

Avvalroq Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va XXR Raisi Si Szinpin bilan uch tomonlama sammit o‘tkazish niyatini bildirib, uchrashuvda har uchala davlat harbiy byudjetini yarmigacha qisqartirish bo‘yicha taklif kiritmoqchiligini aytgandi.

Kiritildi: 11:19 15.02.2025. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!