Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xitoy AQShga "do‘st" va "hamkor" bo‘lishni istaydi

Xitoy AQShga "do‘st" va "hamkor" bo‘lishni istaydi

Xitoy va AQSh taraqqiyotda bir-biriga yordam berishi va o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishi kerak, chunki "butun insoniyat kelajagi" ushbu ikki davlat munosabatlariga bog‘liq, dedi XXR raisi Si Szinpin.

"Xitoy Qo‘shma Shtatlarning hamkori va do‘sti bo‘lishga tayyor. Bu nafaqat ikki davlatga, balki butun dunyoga foyda keltiradi," - dedi Si Szinpin AQSH-Xitoy munosabatlari bo‘yicha Milliy qo‘mitaning an’anaviy uchrashuvi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida.

Si Xitoy AQSh bilan munosabatlarni "o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash tamoyillariga muvofiq" o‘rnatganini ta’kidladi, shuningdek, har doim ikki davlatning muvaffaqiyati "bir-biriga imkoniyat" deb hisoblagan.

Kiritildi: Bugun 18:45. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!