Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xitoy AQSh bilan suvosti urushiga tayyorlanmoqda — Reuters

Xitoy AQSh bilan suvosti urushiga tayyorlanmoqda — Reuters

"Pekin Tinch, Hind va Arktika okeanlarida suvosti monitoringi va xaritalash bo‘yicha keng ko‘lamli operasiyani amalga oshirmoqda. Harbiy ekspertlarning fikricha, ushbu ma’lumotlar AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi suvosti urushini olib borishda hal qiluvchi ahamiyatga ega", deyiladi agentlik xabarida.

Reuters agentligi tomonidan o‘rganilgan kema kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning Dong Fang Hong 3 tadqiqot kemasi 2024–2025 yillar davomida Tayvan yaqinida, AQShning Guamdaki bazasi atrofida va Hind okeanining strategik hududlarida faol harakat qilgan.

Xitoy hukumati bu izlanishlar shunchaki iqlim va dengiz tubi loy qatlamini o‘rganish uchun o‘tkazilayotganini aytsa-da, ekspertlar buni “fuqaro-harbiy uyg‘unligi” strategiyasining bir qismi, ya’ni ilmiy ma’lumotlardan harbiy maqsadlarda foydalanish deb hisoblamoqda.

"Okean tubining relefi, suvning sho‘rligi va harorati haqidagi ma’lumotlar Xitoy suvosti kemalariga dushman radarlaridan yashirinish va dushman kemalarini osonroq tutish imkonini beradi. 2014 yilda boshlangan “Shaffof okean” loyihasi doirasida Xitoy yuzlab datchiklarni suv tubiga joylashtirdi. Bu tarmoq real vaqt rejimida suvosti harakatlari haqida ma’lumot beradi", deyiladi maqolada.

AQSh Harbiy-dengiz razvedkasi rahbari, kontr-admiral Mayk Bruksning so‘zlariga ko‘ra, bu tizim sonar qurilmalarining ishini optimallashtiradi va strategik muhim suv yo‘llarida dushman suvosti kemalarini doimiy kuzatib turish imkonini yaratadi.

Kiritildi: Bugun 17:16. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!