AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalarni kuzatib borish uchun mo‘ljallangan "Ozodlik" operasiyasi davomida Eron suvlari yoki havo hududiga kirmaydi.
Bu haqda AQSh harbiy kotibi Pit Xegset matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"AQShning maqsadi kemalarni Eron tajovuzidan himoya qilishdir. AQSh Hormuz bo‘g‘ozi ochilishi doirasida Eron havo hududi yoki suvlariga kirishga majbur bo‘lmaydi. Biz mojaro izlamayapmiz. Ular bo‘g‘ozni nazorat qilishlarini da’vo qilishdi, ammo ular bunday qilishmayapti", dedi u.
U shuningdek, yuzlab kemalar hozirda AQSh harbiylarining ularni bo‘g‘oz orqali kuzatib borish taklifidan foydalanishga tayyorlanayotganini ta’kidladi.
Xegset Eronni agar savdo kemalariga hujum qilinsa, "ular katta zarbaga duchor bo‘lishlari" haqida ogohlantirdi.
"Agar Eron savdo kemalariga hujum qilsa, ulkan o‘t ochish kuchiga duch keladi", deb ta’kidladi u.