Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

XDI/XSI bloki va Germaniya Sosial-demokratik partiyasi federal saylovlardan besh hafta o‘tgach, koalisiya shartnomasi tuzishga kelishib oldi

XDI/XSI bloki va Germaniya Sosial-demokratik partiyasi federal saylovlardan besh hafta o‘tgach, koalisiya shartnomasi tuzishga kelishib oldi

Bu haqda Germaniyaning ntv telekanali manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, "barcha tafsilotlar" aniqlashtirilganidan so‘ng muzokaralar natijalari 9 aprel chorshanba kuni Berlin vaqti bilan soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 15:00) rasman e’lon qilinadi.

Fridrix Mersning kansler lavozimiga saylanish sanasi 6 mayga belgilangan. Shu bilan birga, Forsa sosiologik xizmati o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, mamlakat aholisining bo‘lajak Germaniya hukumati rahbariga bo‘lgan ishonch darajasi atigi 25 foizni tashkil etmoqda. O‘z navbatida, so‘rovnoma ishtirokchilarining 69 foizi XDS yetakchisi Germaniya kansleri lavozimiga munosib nomzod emasligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 12:24 09.04.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!