AQSh prezidenti Donald Tramp BRIKS mamlakatlari AQSh dollarini zaxira valyutasi sifatida almashtirsa, 100 foizlik tariflar joriy qilish bilan tahdid qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni BRIKS a’zo davlatlarini AQSh dollarini zaxira valyutasi sifatida almashtirishdan qaytarish maqsadida 100 foizlik tariflar joriy etish bilan ogohlantirdi.
Tramp 2024 yil noyabr oyidagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng ham xuddi shunday bayonot bergan edi.
U o‘zining "Truth social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday dedi: "Biz bu dushmanona ko‘ringan davlatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik, qudratli AQSh dollarini almashtirish uchun boshqa hech qanday valyutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qilamiz, aks holda ular 100 foizlik tariflarga duch kelishadi."
U yana qo‘shimcha qildi: "BRIKSning xalqaro savdoda yoki boshqa biron joyda AQSh dollarining o‘rnini bosishi mutlaqo mumkin emas. Bunga uringan har qanday davlat tariflar bilan yuzlashishga va Amerika bilan xayrlashishga tayyor bo‘lishi kerak!"