Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xavi: "Odamlar Messining ehtimoliy qaytishidan juda hayajonlanayotganini ko‘ryapman"

A A A
Xavi: "Odamlar Messining ehtimoliy qaytishidan juda hayajonlanayotganini ko‘ryapman"

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messini jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Odamlar Messining ehtimoliy qaytishidan juda hayajonlanayotganini ko‘ryapman. Ketma-ket ikkinchi o‘yinda uning nomini aytib, baqirishyapti. Ammo, hozir bor e’tiborimizni mavsumning qolgan qismiga va La Liga chempionligini qo‘lga kiritishga qaratganmiz. Keling, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", dedi Xavi "Jirona"ga qarshi bahsdan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi "PSJ"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin - uning shartnomasi iyun oyida tugaydi.

Kiritildi: 13:19 11.04.2023. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!