Xavi yana murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkin.
U MLS vakili «Inter Mayami»ni boshqarish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Xavining so‘nggi ish joyi «Barselona» bo‘lgan. U Kataloniya klubini o‘tgan mavsum yakunidan so‘ng tark etgandi.
«Inter Mayami»ning amaldagi murabbiyi Xerardo Martino esa oilaviy sabablarga ko‘ra jamoani tark etishga majbur bo‘lganini e’lon qildi.