Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Xavi Anchelottining so‘zlaridan hayratda qoldi

Xavi Anchelottining so‘zlaridan hayratda qoldi

Xavi Karlo Anchelottining o‘yindan keyingi izohidan hayratda qoldi.

"Anchelottining so‘zlaridan hayratdaman. Bu ilmiy haqiqat - Marko Asensio o‘yindan tashqari holatda edi. Siz yoki ofsayddasiz yoki yo‘q. Qolaversa, g‘alabamiz nohaq bo‘lmadi, deb o‘ylayman. Biz eng yaxshi jamoa edik, biz ularga ustunlik qildik va o‘zimiz xohlagandek o‘ynadik”, dedi Xavi “klasiko”da g‘alaba qozonganidan keyin.

O‘yindan so‘ng Karlo Anchelotti ikkinchi bo‘limda gol urganida Asensio haqiqatdan ham ofsaydda bo‘lgan-bo‘lmaganiga shubhasi borligini aytdi. Shuningdek, u jamoasi ajoyib o‘yin o‘tkazganini va g‘alabaga haqli ekanligini aytdi.

Kiritildi: 17:24 20.03.2023. O'qildi: 3055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!