Saylov poygasining 15 haftasida rekord darajadagi 1,5 milliard dollar sarflagan AQSh vise-prezidenti Kamala Xarrisning kampaniyasi Demokratik partiya uchun so‘nggi 20 yildagi eng yomon natijalarga olib keldi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda .
Nashrning qayd etishicha, katta moliyaviy ustunlikka qaramay, Xarris 20 yil ichida ham saylovlarda, ham umumxalq ovoz berishda yutqazgan birinchi demokrat nomzodga aylandi. Vise-prezident barcha asosiy shtatlarda yetakchilikni yo‘qotdi. Shu bilan birga, gazeta saylovoldi tashviqoti uchun yetarli mablag‘ borligini ta’kidlaydi.
«Bizda shunchalik ko‘p pul bor ediki, uni samarali taqsimlash qiyin edi», deydi Xarrisning ittifoqchilaridan biri.