Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Xanchjou-2022. Vladimir Svechnikov bronza medalini qo‘lga kiritdi

A A A
Xanchjou-2022. Vladimir Svechnikov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Xanchjou-2022 Osiyo O‘yinlarining navbatdagi kunida ilk medal hisobimizga qo‘shildi. Hozirgina erkaklar 10 metr masofada pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Vladimir Svechnikov saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar berib o‘tgandik. Sakkiz finalchi ishtirokida o‘tgan bahslarda hamyurtimiz uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblik vyetnamlik Pxam Xuy Kuangga nasib etgan bo‘lsa, koreyalik Li Von Xo kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston delegasiyasining medallari soni 29 taga yetdi — 6 oltin, 10 kumush va 13 bronza.

Kiritildi: 09:25 28.09.2023. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!