O‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Xamzat Chimayev 22 iyun kuni oktagonga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda MMA Mania nashri xabar bergan.
Xamzat Chimayev 22 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirining markaziy jangi doirasida avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Chimayev ushbu jangni jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi.