Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik rejasini qabul qilishga moyil.
Bu haqda CBS News o‘z manbasiga tayanib ma’lum qildi.
Falastin guruhi 1 oktyabr kuni Misr va Qatar vositachilariga javob berishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi Amerika rahbari va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Oq uy tomonidan e’lon qilingan edi. Netanyaxu AQSh tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
20 banddan iborat rejada barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, XAMAS taslim bo‘lishi, G‘azo sektoriga zarur insonparvarlik yordami yetkazilishi va anklavni texnokratik, siyosiy bo‘lmagan Falastin ma’muriyati boshchiligidagi muvaqqat ma’muriyatga topshirish ko‘zda tutilgan. Netanyaxu rejaga o‘zgartirish kiritdi: endi ID bo‘linmalarining G‘azodan bosqichma-bosqich olib chiqilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri XAMASni qurolsizlantirishdagi taraqqiyot bilan bog‘liq va Isroilga qo‘shinlarni olib chiqishni to‘xtatib turish huquqi berilgan.