Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan anklavdagi jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatishni nazarda tutuvchi keng qamrovli kelishuv doirasida G‘azo sektorida garovga olingan barcha shaxslarni ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Tegishli bayonot harakatning Telegram’dagi kanalida e’lon qilingan.
"XAMAS keng qamrovli kelishuvni amalga oshirishda oldinga siljishga tayyor ekanligini tasdiqlaydi, uning doirasida u kelishilgan sondagi falastinlik asirlar evaziga barcha garovga olinganlarni ozod qiladi. Bu kelishuv G‘azodagi urushni to‘xtatish va u yerdan Isroil qo‘shinlarini olib chiqishni ham o‘z ichiga olishi kerak", deyiladi xabarda.