Falastinning XAMAS harakati Ramazon hayiti kunlarida G‘azo sektorida sulhni ta’minlash uchun bir necha garovga olinganlarni ozod qilishi mumkin.
Bu haqda Isroilning Kan teleradiokompaniyasi ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, XAMAS harakati Ramazon hayiti evaziga Isroil askari va Amerika fuqarosi Idan Aleksandrni doxil bir necha garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor.
Manbalar aytishicha, falastinliklar shu haftada G‘azo sektorida XAMAS boshqaruviga qarshi uyushtirgan norozilik namoyishlarini bostirish uchun radikallar bir necha kunlik otashkesimga muhtoj.