Nyu York Tayms gazetasining yozishicha, Xalqaro Jinoyat Sudi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni jinoiy javobgarlikka tortish harakatida. Gazeta manbaalariga ko‘ra, Netanyaxu juda kuchli panikada ekan. U AQSh Prezidenti Baydenga ham, boshqa liderlarga ham telefon qilgan va o‘zini himoya qilishga uringan.
Nazarimda, muz joyidan ko‘chib boshladi. Hali vaziyat ancha vaqt beqaror bo‘lib qolaveradi. Va yaqin 5-10 yil ichida Falastin davlati paydo bo‘lib qolmaydi. Ayniqsa, 1967 yilgi chegaralardagi Falastin bu yaqin orada tashkil topishi qiyin.
Lekin, Isroilning vaziyati yanada og‘ir. Isroil davlati tog‘ning tepasidan pastga tushib boshladi. Endi u faqat pastlikka qarab yuradi. Falastin esa, albatta tashkid topadi. Shu asrimizning ikkinchi yarmida yuz beradigan eng katta va qiziq xodisalardan biri – Falastin bo‘ladi. Boshqa variantni o‘zi yo‘q, deb yozadi siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.