Shu yil 3-4 iyun kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumida tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan qator memorandumlar imzolangan edi.
Oradan qisqa vaqt o‘tib, erishilgan ushbu kelishuvlar o‘z amaliy natijalarini bera boshladi.
Xususan, kuni kecha Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rossiyalik yetakchi shifokorlar ishtirokida tizza bo‘g‘imi artroskopiyasi bo‘yicha yuqori texnologik operasiyalar va mahorat darslari o‘tkazildi.