Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti Rossiyani MH17 reysini urib tushirishda aybdor deb topdi

Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti Rossiyani MH17 reysini urib tushirishda aybdor deb topdi

Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti (ICAO) Kengashi 2014 yil iyul oyida Donbass osmonida Ukraina ustida qulagan Malaysia Airlines'ga tegishli Boeing samolyoti — MH17 reysining halokati uchun Rossiyani rasman javobgar deb topdi. Bu haqda Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Halokat natijasida 298 kishi halok bo‘lgan.

ICAO Kengashi Rossiyani xalqaro fuqarolik aviasiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasini buzganlikda aybladi. Rossiya tomonidan tovon puli to‘lash masalasi ICAO Kengashi tomonidan keyinroq ko‘rib chiqiladi.

💬 «ICAO Kengashining bugungi qarori — Rossiya Federasiyasini javobgarlikka tortish yo‘lida yana bir muhim qadamdir», — dedi Ukraina elchisi Yuliya Kovaliv, u shuningdek ICAOdagi Ukraina vakili hisoblanadi.

Boeing samolyoti halokati bo‘yicha xalqaro tergov guruhi MH17 reysi Rossiyaga tegishli «Buk» zenit-raketasi tizimidan otilgan raketa bilan urib tushirilganini aniqlagan.

2022 yilda Gaaga shahar sudi o‘zini DNR deb e’lon qilgan tashkilotning sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov va yana ikki kishini samolyot halokatida aybdor deb topib, ularni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Rossiya bu ish bo‘yicha o‘z pozisiyasini bir necha marta o‘zgartirgan va 2022 yilda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushni boshlaganidan so‘ng, 2022 yil 15 martdan keyin qabul qilingan Yevropa sudi qarorlarini bajarmaslik haqida qonun qabul qilgan.

Kiritildi: 09:15 13.05.2025. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!