Ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan Xalq ta’limi vazirligi fuqaro Qobul Dusovga nisbatan sudga da’vo arizasi ochilgani yuzasidan savollar kelib tushmoqda, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati.
"Mazkur murojaatlarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Darhaqiqat, Xalq ta’limi vazirligi o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatganligi uchun fuqaro Qobul Dusovdan raddiya berishni talab qilib fuqarolik sudiga murojaat qilgan.
Sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildiramiz", deyiladi xabarda.