Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

WSJ: Ilon Mask va Vivek Ramasvami xalqaro va nodavlat tashkilotlarni moliyalashtirishni qisqartirishni rejalashtirmoqda

WSJ: Ilon Mask va Vivek Ramasvami xalqaro va nodavlat tashkilotlarni moliyalashtirishni qisqartirishni rejalashtirmoqda

Bundan tashqari, takliflar orasida mansabdor shaxslar sonini, subsidiyalar, davlat ommaviy axborot vositalari uchun xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, ayrim federal qoidalarni bekor qilish va qonunchilikka o‘zgarishlar kiritish ham bor.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan "davlat xarajatlarini qisqartirish" rejasining bir qismi hisoblanadi.

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali federal byudjetni 2 trillion dollarga qisqartirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mask va Ramasvami Trampning yangi hukumati tarkibida tashkil etilishi rejalashtirilgan Hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) boshqarashi e’lon qilingan edi.

Kiritildi: 22:12 21.11.2024. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!