Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

WBA Shahram G‘iyosov — Jaron Ennis jangiga buyruq berdi

WBA Shahram G‘iyosov — Jaron Ennis jangiga buyruq berdi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) chempion Jaron Ennisga o‘z kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerakligi borasida buyruq berdi.

WBA qoidalariga ko‘ra, Ennis 12 aprel kuni Staniosisni mag‘lub etganidan so‘ng 120 kun ichida kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerak. Hamyurtimiz bu holatda ikkita kamar uchun o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Jaron Ennis ayni paytda WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. U so‘nggi jangida litvalik Eymantas Stanionisni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Shahram G‘iyosov esa 13 aprel tongida AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida o‘tgan professional boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Kiritildi: 00:34 24.04.2025. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!