Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Wall Street Journal: Qodirovning sheriklari Mariupoldagi zavoddan jihozlarni olib ketmoqda

Wall Street Journal: Qodirovning sheriklari Mariupoldagi zavoddan jihozlarni olib ketmoqda

Checheniston rahbarining sheriklari Mariupol metallurgiya zavodi jihozlarini demontaj qilish va sotish, shuningdek, Rossiyaning G‘arb sanksiyalariga uchragan avtomobil ishlab chiqaruvchilariga metallolom jo‘natish va inert gazlarni Rossiya kosmik dasturiga o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri zavod rahbarlari va olingan hujjatlarga tayanib xabar berdi.

"Rossiya qo‘shinlari Mariupol ustidan nazorat o‘rnatganidan ko‘p o‘tmay, operativ tarzda tashkil etilgan mahalliy kompaniya ishini to‘xtatgan zavoddan po‘lat mahsulotlarini Rossiya Federasiyasiga eksport qila boshladi. Ushbu kompaniya 2022 yil avgust oyida ikki kishi rahbarligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan biri chechen tadbirkori Valid Korchagin, ikkinchisi esa harbiylar bilan aloqador rossiyalik tadbirkor Yuriy Muraydir. U Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga Rossiya Mudofaa vazirligi uchun yuk olib kelgan", deyiladi xabarda.

Nashrning ma’lum qilishicha, metallurgiya zavodiga kiraverishda Qodirovning portreti va “uning chechen harbiy bo‘linmasining emblemasi” bor. Gap Qodirovga bo‘ysunuvchi “Axmad” maxsus otryadi haqida ketmoqda. Mart oyida rossiyaparast rasmiylar so‘nggi olti oy ichida zavoddan 14,7 million yevro qiymatidagi 130 ming tonna temir qo‘shimcha mahsuloti olib ketilganini bildirgan edi. Zavodning sobiq egasining aytishicha, 203 million yevrolik ishlab chiqarish liniyasi ham demontaj qilingan va Rossiya Federasiyasiga yuborilgan.

Qodirovning hamkori Vaxit Geremeevning aytishicha, hozircha sexlarda faqat metallolom va cho‘yan qoldiqlarini qayta ishlash mumkin, ammo u 2026 yilgacha po‘lat ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.

Kiritildi: 19:15 22.10.2024. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!