Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

WADA taqiqlangan moddalar ro‘yxatini yangiladi

WADA taqiqlangan moddalar ro‘yxatini yangiladi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) sportda taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zgarishlar WADA Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ma’qullandi va 2025 yilning 1 yanvar kunidan mazkur taqiq kuchga kirishini ta’kidladi.

Xususan, "ksipamid" taqiqlangan diuretiklar va maskalanuvchi vositalar qatoriga kiritilgan bo‘lsa, "midodrin" va "tezofenzin" stimulyator sifatida tasniflandi.

Shuningdek, "guanfasin" esa taqiqlangan moddalardan chiqarib tashlanadi. "Elacestrant" antiestrogenik modda sifatida gormonal va metabolik modulyatorlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Shu jumladan, qon topshirish (aferez usuli) va uning tarkibiy qismlari, shu jumladan plazma, eritrositlar, leykositlar, trombositlar va periferik qon ildiz hujayralari endi taqiqlanmaydi. Biroq, buning uchun ular maxsus akkreditasiyalangan donorlik markazida o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ma’lumot o‘rnida: Taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxatini www.wada-ama.org sayti orqali to‘liq bilib olishingiz mumkin.

Kiritildi: 19:59 27.09.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!