Serbiya Kosovo mustaqilligini tan olish qabul qilinishi mumkin emasligiga ishonchini mustahkamladi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Barcha sodir bo‘layotgan voqea biz Kosovo mustaqilligini hech qachon tan olmasligimizga ishonchimni kuchaytirdi. Siz xohlagan narsani qilishingiz mumkin, biz Kosovo mustaqilligini hech qachon tan olmaymiz. Serbiya hech qachon Kosovo mustaqilligini tan olmaydi", - deya ta’kidladi Vuchich.
"Ko‘plab serblar Serbiya ozodligi, Serbiya ichidagi Kosovo va Metoxiya uchun halok bo‘lishdi va bir narsa aniq - Kosovo va Metoxiya hech qachon Serbiya Respublikasidan mustaqillikni olmaydilar”, dedi davlat rahbari.
Serbiyaning Kosovo va Metoxiya avtonom viloyati 2008 yil fevral oyida bir tomonlama mustaqillikni e’lon qildi va so‘nggi yillarda xalqaro tashkilotlar, jumladan YUNESKO va Interpolga a’zo bo‘lishga faol harakat qilmoqda. 60 dan ortiq davlat, jumladan Rossiya, Hindiston va Xitoy, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo besh davlat Kosovoni tan olishga qarshi.