AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan import bojlari munosabati bilan Germaniyaning Volkswagen konserni AQShga avtomobil yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatmoqda. Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, kompaniya allaqachon dilerlarni Meksikadan temir yo‘l orqali vagonlar tashish to‘xtatilgani, Yevropadan dengiz orqali kelgan vagonlar esa portlarda ushlangani haqida xabardor qilgan.
Ishlab chiqaruvchi buni "vaqtinchalik tuzatish" deb atadi va tarif vaziyati aniqroq bo‘lgach, etkazib berishni tashkil qilish uchun logistika kompaniyalari bilan hamkorlik qilishini aytdi.
"Biz ushbu noaniqlik davrini iloji boricha shaffof tarzda o‘tkazmoqchimiz", dedi VW bayonotida.
Bundan tashqari, konsern Amerikaning yangi bojlari ostidagi avtomobillarga maxsus import solig‘ini joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Batafsilroq narx strategiyasi aprel oyining o‘rtalarida e’lon qilinadi.