Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Vokzallarda savdo va servis xizmatlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan

A A A
Vokzallarda savdo va servis xizmatlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan

Yig‘ilishda import vagonlarining katta qismi poytaxt va viloyat markazlariga kirib kelishi oqibatida stansiyalarda tirbandlik yuqori bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan temir yo‘l yuk stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish imkoniyatini o‘rganish zarurligi qayd etildi. Bu shaharlarda yuk mashinalari harakatini qisqartirishga, tumanlarga qo‘shimcha investisiya kirishiga xizmat qiladi.

Sohada raqamlashtirish qoniqarli darajada emasligi ham ta’kidlandi. Jumladan, joriy yilning yetti oyida yuk tashish xizmatining atigi 8 foizi elektron rasmiylashtirilgan, yo‘lovchi chiptalarining 57 foizi kassalar orqali sotilgan.

Bundan tashqari, markaziy vokzallarga kirib-chiqish imkoniyati cheklangan. Avtomobil saqlash joylari vokzallardan uzoq. Vokzallarda savdo va servis xizmatlari lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan.

Poyezd to‘qnashuvlari holatlarining oldini olish uchun barcha avtomobil va temir yo‘l kesishmalarini nazorat qilish, yo‘l belgi, shlagbaum va kameralar o‘rnatish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 18:55 25.09.2023. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!