8-10 noyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Chempionat doirasida Xalqaro sambo federasiyasi (FIAS) ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongress davomida sambo sportini dunyoda keng rivojlanishiga munosib xissa qo‘shayotgan bir guruh insonlar Rossiya federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ahamiyatlisi taqdirlanganlar safida yurtdoshimiz, Osiyo-Okeaniya Sambo federasiyasi Prezidenti Alamjon Mullayev ham bor.
Allamjon Mullayev Rossiya federasiyasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofotni Rossiya federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan Xalqaro Sambo federasiyasi Prezidenti Vasiliy Shestakov yurtdoshimizga taqdim etdi.