Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Vladimir Norov Tojikistonga boradi

Vladimir Norov Tojikistonga boradi

12-13 may kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Tadbir doirasida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar va MDH formatidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashish, qo‘shma dasturlar ijrosini, shuningdek, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegasiyasi Dushanbega tashrifi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:54 11.05.2022. O'qildi: 2558 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!