Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi poytaxti Vladikavkaz shahrida "Alaniya Moll" savdo markazining uchinchi qavati va tomi yonib ketdi. Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining dastlabki xulosasiga ko‘ra, yong‘in maydoni 800 kvadrat metrni tashkil etgan.
Hodisaga maishiy gaz portlashi sabab bo‘lgan, dedi tezkor xizmat vakillari.
Ofat tufayli 57 yoshli farrosh ayol halok bo‘lgani qayd etildi. Yong‘in chiqqan payt majmuada mijozlar bo‘lmagan. Bir necha xodim va yo‘lovchilar jarohat olgan. Ayni payt 9 kishi jarohatlangani ma’lum. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.