Braziliya terma jamoasi va "Real" vingeri Vinisius Junior kosmetik operasiya o‘tkazish uchun klinikaga murojaat qildi.
Futbolchi JCH-2026’dagi ishtirokini yakunlaganidan so‘ng dahan qismini garmonizasiya qildirdi.
Bu muolaja haqida TMC nashri xabar bermoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, amaliyot Goyaniyadagi klinikalardan birida amalga oshirilgan. Futbolchi milliy terma jamoa ixtiyorini tark etib, Virjiniya bilan birga Yevropaga uchib ketishdan oldin ushbu korreksiyaga borgan.
Braziliya terma jamoasi JChda o‘z kurashini 1/8 final bosqichida to‘xtatdi. Hal qiluvchi o‘yinda Karlo Anchelotti shogirdlari Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Vinisius guruh bosqichidagi 3 uchrashuvda 4 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida Kilian Mbappe hamda Erling Holand bilan birgalikda ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi.