Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Vinisius Junior "Real" sardorlari qatoriga kirdi

Vinisius Junior "Real" sardorlari qatoriga kirdi

Vinisius Junior "Real" sardorlaridan biri bo‘ladi.

AS nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yangi mavsumda sardor sifatida e’tirof etiladigan futbolchilar to‘rtligiga kiradi.

Jamoada sardorlik bog‘ichi tarkibda o‘tkazilgan vaqtga qarab beriladi. Yangi mavsumda asosiy sardor 33 yoshli Daniel Karvaxal, ikkinchisi 26 yoshli Federiko Valverde, uchinchisi 33 yoshli Tibo Kurtua, to‘rtinchisi 25 yoshli Vinisius bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda to‘rtlikdan yozda klubni tark etgan Luka Modrich va Lukas Vaskes o‘rin olgan edi.

Kiritildi: 10:42 20.07.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!