Bugun, 22 avgust kuni Red Wings aviakompaniyasiga tegishli Tu-204 samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga samolyotning chap motorining yona boshlagani sabab bo‘lgan.
"Qalampir.uz" nashrining yozishicha, samolyot Ufadan Sochiga ketayotganda, 200 metr balandlikda yona boshlangan. Ma’lumotga ko‘ra, havo laynerida 202 nafar yo‘lovchi, shundan 42 nafari bola bo‘lgan. Voqeada hech kim jabrlanmagan.
Samolyot ortga qaytganda o‘t o‘chiruvchilar va favqulodda qutqaruvchilar uchish yo‘lagida kutib olganlar. Yo‘lovchilar puflanadigan traplar bilan evakusiya qilingan.
Ma’lumot uchun, hozirgacha bor yo‘g‘i 85 dona Tu-204 samolyotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu Boeing va Aerobus’ga nisbatan kam hisoblanadi.
Red Wings aviakompaniyasi Tu-204 rus samolyotlarining asosiy xaridori hisoblanadi. Hozirda kompaniya ichki yo‘nalishlardan tashqari Ukraina, O‘zbekiston, Turkiya va Ispaniyaga parvozlarni amalga oshiradi.