Vyetnamning tog‘li Laytyau provinsiyasidagi gidroelektr stansiyasi qurilish maydonchasida ko‘chki oqibatida kamida 5 nafar ishchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Sinxua.
Voqea soat 22:30 atrofida (GMT 03:30) Fongto tumanidagi «Ta Pao Xo 1A» gidroelektr stansiyasida to‘g‘on poydevori uchun qazish ishlari paytida sodir bo‘lgan.
Natijada yo‘l qirg‘og‘ining bir qismi qulab tushgan. Ko‘chki va toshlar ostida bir necha ishchi qolib ketgan.
Mahalliy hukumat hodisa sabablarini tekshirishni boshlagan.