Vyetnam Qozog‘istonda aeroport sotib olishni yoki uni ishonchli boshqaruvga olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Milliy iqtisodiyot vazirligi rahbari Serik Jumangarin ma’lum qildi.
"Vyetnamning taniqli Saviko Group kompaniyasi Qazaq Air aviakompaniyasini bizdan sotib oldi va endi shu yerda rivojlanadi. U yaqinda bu yerga keldi, men u bilan uchrashdim. U ham aeroport sotib olish yoki boshqaruvni o‘z qo‘liga olish haqida o‘ylayapti, chunki aviakompaniya har qanday holatda ham bazaviy aeroportga ega bo‘lishi kerak", - dedi u.
Jumangarin, shuningdek, Vyetnam kompaniyasi jadal rivojlanayotgani va xalqaro aviakompaniyalar bilan juda yaxshi shartnomalarga ega ekanligini ta’kidladi. Vyetnamdan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsa ko‘p.