Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Vens: "AQShning Chikagoga Milliy gvardiyani joylashtirish rejasi yo‘q"

Vens: "AQShning Chikagoga Milliy gvardiyani joylashtirish rejasi yo‘q"

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun Illinoys shtatining Chikago shahriga Milliy gvardiya qo‘shinlarini yuborish bo‘yicha aniq reja yo‘q.

Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ma’lum qildi.

"Hozir hech qanday rejalar yo‘q. Ammo AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika fuqarolarini himoya qilish uchun qonuniy vakolatga ega ekanligini aytdi, xoh Chikagoda, xoh Vashingtonda", - dedi Vens.

Seshanba kuni Amerika rahbari Chikagoga Milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishini aytdi. Prezident ularning shaharga aniq qachon yuborilishiga aniqlik kiritmadi. Tramp Illinoys gubernatori Robert Priskerni shtatning eng yirik shahrida xavfsizlikni ta’minlay olmagani uchun bir necha bor tanqid qilgan. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dahshatli jinoyatchilik holati tufayli Chikago "do‘zax teshigi"ga aylangan.

Kiritildi: 11:00 04.09.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!