Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Vengriyadagi saylov natijalari Yevropaning avtoritar boshqaruv sari ketayotgani haqidagi qarashlarni parchalab tashlaganini ma’lum qildi. O‘ng markazchi "Tisa" partiyasining g‘alabasi Viktor Orbanning 16 yillik boshqaruviga chek qo‘ydi.
Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi davomida Tusk avval Varshava, keyin Buxarest va Kishinyov, endi esa Budapesht demokratik yo‘lni tanlaganini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa xalqlari korrupsiyalashgan va avtoritar hukumatlarga mahkum emasliklarini isbotlashmoqda.
Tusk "Tisa" partiyasi yetakchisi Peter Madyarni g‘alaba bilan tabriklab, uning Varshavaga kutilayotgan ilk rasmiy tashrifini muhokama qildi. Polsha Bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi yangi munosabatlar yahshi darajada bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.